Qayd etish joizki, turizm axborot markazida chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibi, turistlar uchun qiziqarli boʻlgan madaniy meros obyektlari, turistik yoʻnalishlar, jamoat transporti xizmatlari, avtomobil ijarasi, umumiy ovqatlanish, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish, mehmonxonalar, tibbiy yordam markazlari va boshqalar boʻyicha batafsil maʼlumotga ega boʻlish mumkin.
Taʼkidlash kerakki, Samarqand shahrida oʻtgan yili 9 ta turistik axborot markazi faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 2023-yilda ularning sonini 18 taga yetkazish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun, Samarqand 2023-yilda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) poytaxti hisoblanadi. UNWTO Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasi aynan Samarqandda oʻtkaziladi.