Prezidentining hududlarga tashrifi joylarda rivojlanishga to'siq bo'layotgan dolzarb muammolarni aniqlash va  echim topish, xalqimizning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ilg'or loyihalarni hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat ksb etayotir. SHu ma'noda, kuni kecha Samarqand viloyatiga qilingan tashrif ham bu borada yana bir muhim tadbir bo'ldi. Ushbu qadimiy va hamisha navqiron yurtda tug'ilib kamoga etgan, ushbu hududdan saylangan xalq vakili sifatida ushbu tashrif jarayonidagi har bir voqelikni katta qiziqish bilan kuzatib bordim.

Davlatimiz rahbari oylarning sarvari, Ramazon kunlarida viloyatga borib, hadis ilmi sultoni, buyuk bobomiz Imom Buxoriy qadamjosi yangi majmuasining qurilish ishlari boshlanishi bilan tanishib, haqqiga duolar qilishida ham bir ramziy ma'no bor.

– Ramazon oyi – ezgu niyatlar ijobat bo'ladigan muqaddas oy. Bu qurilishni shu oyda boshlayotganimiz ham xayrli, xosiyatli bo'ladi, qalbimizga taskin beradi. Bu sohada qilayotgan ishlarimizdan maqsad – islomga e'tiqodimizni, alloma bobolarimizga hurmatimizni ilm bilan bildirish. Ajdodlarimizga munosib bo'lish biz uchun juda katta burch, – dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari majmuada amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirar ekan, ko'p sonli ziyoratchilarga zamonaviy qulayliklar yaratish, 2019 yilda tashkil etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabi bilan mutanosiblikdagi ulkan maskanni barpo etish bo'yicha bergan taklifi asosida tez orada bu erda katta masjid, to'rtta simmetrik minora, baland ayvonlar, yo'ldan kirib kelishda xiyobon barpo etiladi. Ettita  mehmonxona, uchta avtotururgoh va avtobekat, supermarket, bozorcha, oshxonalar, hunarmandchilik buyumlari rastasi, hammom, tahoratxona, kushxona qurilishi nafaqat mahalliy va xorijiy ziyoratchilarning tashrifini ko'paytirishga, balki, hudud aholisining ish bilan bandligi masalasi ijobiy hal etilishiga imkon yaratadi. Bu ishlardan maqsad — odamlarni rozi qilish, xalqimiz farovon turmush kechirishi uchun munosib sharoit yaratish, farzandlarimiz zamonaviy ta'lim olishi va jamiyatdan o'z o'rnini egallashi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishdir.

 Davlatimiz rahbarining 2018 yildagi farmonlari bilan qabul qilingan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlaridan ko'zlangan maqsad ham aslida shu. Odamlarning turmush tarzi, madaniyati, dunyoqarashi o'zgarishi uchun ular yashayotgan hududdagi sharoitlar, infratuzilmalar zamon talabiga mos  bo'lishi kerak. Qishloqlarga infratuzilma borsagina, hayot sifati o'zgaradi, tadbirkorlik rivojlanadi.  

SHu bois  joriy yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Samarqand viloyati bo'yicha 717 ta qishloq va 198 ta shahar mahallalari qiyofasini zamonaviy ko'rinishga keltirish, infratuzilmasini yaxshilash va aholi bandligini ta'minlash ishlari amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. Bu maqsadlarga 1,6 trillion so'm yo'naltirish rejalashtirilgani mehnatkash, tanti, mard, mehmondo'st samarqandliklarni quvontirgani rost.

Davlatimiz rahbari ishtirokida Samarqand shahrida o'tkazilgan faollar yig'ilishida viloyatning foydalanilmagan imkoniyatlarini ishga solish uchun 5 ta drayver soha ko'rsatib o'tilib, ushbu sohalarda amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar uchun mas'ullar belgilandi.

Ta'kidlanganidek, 2021–2022 yillarda Samarqand viloyatida sanoat, xizmat ko'rsatish va qishloq xo'jaligi sohalarida qiymati 30 trillion 415 milliard so'mlik 1 ming 279 ta investitsiya loyihasi rejalashtirilgan. Xususan, 12 trillion so'mlik 1 ming 184 ta hududiy, 18 trillion so'mlikdan ziyod 95 ta tarmoq loyihalari amalga oshiriladi. 1,8 milliard dollar miqdoridagi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar o'zlashtiriladi va 26 mingta doimiy ish o'rni tashkil etiladi.

YAna bir muhim tashabbus ilgar surildi. Samarqand shahrini 1 million aholi yashaydigan yirik shaharga aylantirish uchun shaharga Samarqand, Pastdarg'om, Tayloq va Oqdaryo tumanlari hududidan er maydonini qo'shib berish hamda viloyat ma'muriy markazini Gulobodga ko'chirish bo'yicha viloyat faollarining taklifi qo'llab-quvvatlandi.  Bu esa shaharning tarix va zamonaviylik uyg'unlashgan yirik hudud sifatida nufuzi, obro'si yanada oshishiga xizmat qiladi. Viloyatda “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimi davom ettirilib, 1 ming 100 ta mahallaning har birida aniq faoliyat turiga ixtisoslashgan  mahallalar va xonadonlar tajribasini keng yoyishga alohida e'tibor qaratish lozimligi belgilandi.

Masalan, Ishtixondagi “Xumo” mahallasida za'faron, Bulung'urdagi “Saxovat” mahallasida kartoshka etishtirish, Paxtachidagi “YObu”, “Quvondiq”, “Istiqbol”, “Ko'rpa” mahallalarida issiqxona, Oqdaryoda sabzavot urug'chiligi, Urgutda to'n va do'ppi tikish, Kattaqo'rg'on tumanida qulupnaychilik, Pastdarg'omda mebelsozlik, Samarqand tumanida ko'kat etishtirishga ixtisoslashgan xonadonlar tajribasini boshqalarga ham o'rgatish kerak.

Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifi hududda islohotlar to'laqonli amalga oshirilishida, bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlari, eng asosiysi, aholining yashash tarzi yanada yaxshilanishida katta turtki bo'ladi. Biz kabi barcha darajadagi xalq vakillari esa tashrifda qayd etilgan vazifalar o'z vaqtida amalga oshirilishini doimiy nazorat qilib, yurt koriga kamarbasta bo'lishimiz lozim.  

Muzaffara ABDIEVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati