Aeroport qurilishiga xorijiy davlatlardan yetakchi mutaxassislar taklif qilingan: ular aeroportning muhandislik tarmoqlarini qurmoqda.

Yangi aeroport eng zamonaviy xavfsizlik va sanitariya-gigiyena talablari asosida, xususan, pandemiya tajribasini hisobga olgan holda barpo qilinmoqda.

Yangi aeroportning quyidagi xususiyatlari alohida eʼtiborga molik:

- soatiga 600+600 kishini kutib olishi/kuzatishi mumkin (oldin 400 kishi edi);

- 4 teleskopik traplar bilan jihozlanadi (avval boʻlmagan);

- 24 ta samolyot uchun turar joy (oldin 8 ta edi);

- uchish-qoʻnish yoʻlagi katta samolyotlarni qabul qiladi;

- 4 ta kutish zali mavjud boʻladi;

- 26 ta yoʻlovchilarni roʻyxatga olish nuqtalari (20 ta xalqaro + 6 ta mahalliy);

- onlayn registratsiya (yoʻlovchilar va bagaj uchun alohida);

- zamonaviy xavfsizlik, videokuzatuv va dispetcherlik tizimlari oʻrnatiladi;

- havo ultrabinafsha nurlari lampalari yordamida tozalanadi;

- ekspluatatsiya muddati 15-20 yil;

Ayni damda Samarqand xalqaro aeroportining uchish-qoʻnish yoʻlagi katta oʻlchamli samolyotlarni qabul qilishga moslashtirilmoqda. Yoʻlak 95 foizga qurib bitkazilgan. U ishga tushganidan soʻng aeroportda “Airbus A-380” dan tashqari, barcha turdagi samolyotlarni qabul qilish mumkin boʻladi.

Yangi aeroport oʻz imkoniyatlari boʻyicha Markaziy Osiyoda yagona boʻladi. Aeroport binosi ochilgan kitob shaklida boʻlib, uning tomida yulduzlar joylashuviga muvofiq chiroqlar oʻrnatiladi.