Samarqand yirik xalqaro ilmiy konferensiyaga mezbonlik qildi

    Fan 18 Noyabr 2022 1226

    Unda 10 dan ziyod mamlakatlardan 200 ga yaqin ishtirkchilar qatnashdi va taqdimotlar o'tkazishdi.

    Vazirlar mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o'rganishni ommalshtirish agentligi va Samarqand viloyat hokimligi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi Innovative Centreda xalqaro "Shaping the Science" 4-konferensiyasi bo'lib o'tdi. Unda 10 dan ziyod mamlakatlardan 200 ga yaqin ishtirkchilar qatnashdi va taqdimotlar o'tkazishdi.

    "Shaping the Science-4" konferensiyasining mazmuni bu talimni rivojlantirish, ilm-fan va pedagogika sohasida aynan amaliy yechimlar taklif etishga qaratilgan dunyoning eng nufuzli olimlari bilan O'zbekiston yoshlarini bir platformaga jamlaydigan tadbir hisoblanadi.

    2022-yilning 15-yanvar kuni Nobel mukofoti laureati, Kornell Universiteti professori Herold Varmus mazkur mazkur platformada o'quvchilarga yuzlanib O'zbekiston jahon ilm-fan markazlaridan biriga aylanishi bu butun bir olimlar avlodini yetishtirish orqali bo'lishini ta'kidlagan edi.

    Xorijiy tillarni ommalashtirish agentlihining Samarqand viloyat hududiy vakillik rahbari Muxammadxon Soliev o'z fikrini bildirdilar:

    ''Yurtimiz ta'lim tizimini yanada rivojlantirish uchun biz turli zamonaviy texnalogiyalardan foydalangan holda buni amalga oshirishimiz mumkin Wi-Fi zonalar IT parklar ochilishi raqamli ta’lim tizimini yuksalishiga xizmat qiladi. Raqamli ta’limning joriy etilishi uchun talaba yoshlarni hamda o'qituvchilarni raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatlarini o'stirish va internet orqali turli ochiq kurslar tashkil etish orqali bajarish mumkin.''

    Mazkur konferensiyada Markaziy Osiyo va dunyoning turli mamlakatlaridan yuqori malakali o'qituvchi-professorlar ta'lim, amaliy fanlar,tabiiy fanlar, iqtisodiyot va tibbiyot sohalariga oid mavzularda davra suhbatlari tashkil etildi hamda ilmiy tadqiqotlarga qiziquvchi talabalarga va o'qituvchilarga kerakli maslahat va ko'nikmalar berildi. Konferensiya ishlarida O'zbekiston, Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Gretsiya, Hindistondan ma'ruzachilar va Samarqanddagi eng nufuzli davlat oliy o'quv yurtlarida faoliyat yuritayotgan rektor va o'qituvchilar ishtirok etdilar.

    Anjumanda mahalliy ekspertlar bilan bir qatorda xalqaro ekspertlar qatnashdi va chet tili sifatida ingliz tilini o‘qitish o‘qituvchilar bilim salohiyatiga to‘liq bog‘liqligidan tortib, ingliz tilini o‘rganishning zamonaviy metodlari haqida fikr bildirdi. Xalqaro ekspertlar taqdim etgan prezentasiyalar orqali o‘qituvchilar nafaqat boshqa davlatlardagi o‘qitish metodikalaridan xabardor bo‘lishlari, balki shu ekspertlarga o‘z savol va istaklarini bayon etishlari mumkin bo‘ldi.

    Jamilov Firdavs,

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining

    Samarqand viloyat hududiy vakillik media-volontyori.