баннер
27 Apr 2025
02:01

    Samarqand YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi oʻtkaziladigan joy sifatida rasman belgilandi

    YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va YUNESKO oʻrtasidagi kelishuv imzolanishiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

    Samarqand endi rasman Bosh konferensiyaning 43-sessiyasi oʻtkaziladigan joy sifatida belgilandi.

    «Bu biz uchun katta sharaf va masʼuliyatdir, negaki soʻnggi 40 yil davomida ushbu konferensiya Parijdan boshqa yerda oʻtkazilmagan.
    Bu ijodiy industriyaning mashaqqatli mehnati, xalq diplomatiyasi va eng yuqori darajadagi kelishuvlar samarasidir. Bu – jahon hamjamiyatining mamlakatimiz ochiqligi, oʻziga xos anʼanalari va madaniy merosi, boy tarixi, musiqasi, adabiyotiga katta qiziqishi bilan qarayotganidan dalolat.
    Biz madaniyat va sanʼat vositasida mamlakatimizni xalqaro maydonda targʻib etmoqdamiz, dunyo ahliga yanada yaqinlashtirmoqdamiz. Bu aloqalar bevosita iqtisodiy natijalarga ulanib, qoʻshma loyihalar va umumiy gʻoyalarga aylanmoqda», — deb yozdi marosimda ishtirok etgan Saida Mirziyoyeva.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech