Tadbirda viloyatdagi qayta ishlovchi korxonalarning tayyor mahsulotlari koʻrgazmasi ham tashkil etiladi.
Shuningdek, pomidor urugʻlari, navlari, uning poyasidan foydalanish usullari va afzalliklari boʻyicha koʻrgazmali mahsulotlar tayyorlash, pomidor koʻchatlarini oʻtqazish va parvarishlash usullari namoyish etiladi.
Tadbirda pomidor urugʻlari, navlarini koʻpaytirish, uni yetishtirish hamda hosildorlikni oshirish usullari, turli zararkunandalardan himoya qilish texnologiyasini taqdimotini oʻtkazish, sotish, qayta ishlash va eksport qilish bilan shugʻullanuvchi mahalliy va xorijiy tadbirkorlarni hamda turistlarni pomidor sayliga jalb qilish rejalashtrilgan.