Samarqand viloyatida 10-yil farzand koʻrmagan 29 yoshli ayol oradan 10-yil oʻtib 4 egizakli boʻldi.
Shifokorning aytishicha, chaqaloqlar toʻliq toʻqqiz oy boʻlganda operatsiya yoʻli bilan dunyoga keltirilgan.
Hozirda ularning ahvoli qoniqarli va ularga kerakli boʻlgan muolajalar qilinmoqda, tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
Chaqaloqlarni dunyoga keltirgan ayolning umumiy ahvoli oʻrtacha ogʻirlikda. Chaqaloqlarning birinchisi qiz qolgan 3 chaqaloq oʻgʻil boʻldi.
Qizaloq 1 kilo 700, ikkinchi oʻgʻil 1 kilo 500, uchinchi oʻgʻil 2 kilo 200 va toʻrtinchi oʻgʻil 2 kilo 300 gramm ogʻirlikda dunyoga keldi.
“Yaxshi niyat qilsa, sabr qilsa albatta hammasiga erishsa boʻladi”, - dedi egizaklarning onasi.
“Juda ham xursandmiz, 10-yildan beri farzandsiz yurgan edik, mana 4 nafar farzandli boʻldik. oila aʼzolarimizning barchasi bundan xursand boʻlishdi”, - dedi chaqaloqlarning otasi.