Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, tumanidagi 54-maktabning 11-sinf oʻquvchisi 2007-yilda tugʻilgan yigit tumanning “Sherqoʻrgʻon” mahallasidan oʻtgan yoʻlda boshqaruvida boʻlgan “Lacetti” rusumli transport vositasida Yoʻl transport hodisasiga uchragan.
Maʼlumotlarga koʻra, haydovchi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida mashina yoʻl chetiga chiqib ketgan va daraxtga borib urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi ogʻir tan-jarohatlari bilan koʻrsatilgan muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.