Samarqandda 11-sinf qizlari “samosud“ qilindi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda maktab oʻquvchilari va begona qizlar oʻrtasida janjal kelib chiqqani boʻyicha xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, holat shu yilning 29-aprel kuni Pastdargʻom tumani Qoʻshquduq mahallasi hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida hamda tumanning 83-sonli umumtaʼlim maktabi hududida sodir boʻlgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, Samarqand shahrida yashovchi 2007-y.t. fuqaro E.B. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, shu maktabning 11-sinf oʻquvchilarini urib tan jarohati yetkazgan.

    Mazkur holat boʻyicha Pastdargʻom tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan 2007-y.t. fuqaro E.B. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.