Samarqandda 11 ta qurilish-pudrat tashkiloti soxta maʼlumotlar asosida “Shaffof qurilish”da gʻolib boʻlgan

    Urbanizatsiya 24 Sentabr 2022 954

    Bu haqda kecha boʻlib oʻtgan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida Samarqand viloyati prokurori J.Hotamov oʻz hisobotida qayd etdi.

    Qayd etishicha, davlat rahbarining tegishli qarori bilan tasdiqlangan dastur doirasida viloyatda 189 ta obyektda qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilishi va ularning 172 tasi joriy yilda yakunlanishi belgilangan.

    Hozirga qadar budjetdan 802,5 milliard soʻm mablagʻ yoki ajratilgan limitning 76 foizi moliyalashtirilib, 774 milliard soʻm oʻzlashtirilgan. 77 ta obyektda belgilangan ishlar yakunlanib, foydalanishga topshirilgan.

    2 ta obyektning ekspertiza xulosalari olinmagan va 4 tasining pudratchisi aniqlanmagan. Shuningdek, 3 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 6 ta maktab, 2 ta oliy taʼlim muassasalarining qurilishi oʻquv yili boshlangunga qadar tamomlanmasdan qolgan.

    “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 32 ta mahalla va qishloqlar uchun ajratilgan 446,1 milliard soʻm mablagʻ evaziga 1026 ta obyektda qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilib, bugungi kunda 70 milliard soʻm moliyalashtirilgan.

    Taʼkidlanishicha, Samarqandda 11 ta qurilish-pudrat tashkiloti soxta maʼlumotlar asosida “Shaffof qurilish”da gʻolib boʻlgan.