– Quvonarlisi, bugun ishga tushirilgan “Zahiriddin Muhammad Bobur” mahallasi binosida tikuv sexi ham faoliyat boshladi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi D.Usmanov. – Biz bu tajribani ommalashtirishga kelishib oldik.

Chunki fondimiz nafaqat mahalla fuqarolar yigʻinlari faoliyatini, balki mahallalarning oʻsish nuqtalaridan kelib chiqib tadbirkorlikni rivojlartirishni ham oʻz oldiga maqsad qilib olgan. Bu yoʻnalishda mahallalar va tadbirkorlar bilan hamkorlik qilyapmiz.

Tadbir davomida tumandagi “Zahiriddin Muhammad Bobur” va “Yangihayot” mahalla fuqarolar yigʻinlariga mebellar toʻplami va kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Tadbirdan soʻng fond tomonidan mahalladagi “Temir daftar”ga kiritilgan besh xonadonga oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlari topshirildi.