Samarqandda 25 qavatli uy quriladi

    Urbanizatsiya 3 Noyabr 2020 7660

    Samarqand shahrining Kimyogarlar qoʻrgʻoni, Qorasuv massivi, Beruniy, Ozod Sharq koʻchalari va Pastdargʻom tumani Nayman mahallasida barpo etilishi rejalashtirilgan koʻp qavatli uy-joylar qurish loyiha eskizlarining taqdimoti oʻtkazildi.

    Samarqand viloyat hokimligi qoshidagi qurilish-bunyodkorlik ishlarini qonun talablari asosida olib borilishini taʼminlash, noqonuniy qurilishlarning oldini olish boʻyicha shaharsozlik kengashining navbatdagi yigʻilishida Samarqand shahrining Kimyogarlar qoʻrgʻoni, Qorasuv massivi, Beruniy, Ozod Sharq koʻchalari va Pastdargʻom tumani Nayman mahallasida barpo etilishi rejalashtirilgan koʻp qavatli uy-joylar qurish loyiha eskizlarining taqdimoti oʻtkazildi.

    Viloyat hokimi boshchiligidagi kengash aʼzolari har bir loyihani birma-bir tahlil qildi. Loyihalashtirilgan binolarning yon atrofidagi mavjud inshootlar bilan tegishli masofasi mavjudligi, avtomobillar toʻxtash joylari, bolalar maydonchasi tashkil etilishi va ularning joylashuviga alohida eʼtibor qaratildi.

    Oʻnga yaqin loyihalar koʻrib chiqildi. Ammo aksariyati koʻp qavatli binolarni qurishga oid loyihalarning deyarli hammasi rad etildi va baʼzilarini joyida koʻrishga qaror qilindi.

    Kengash yigʻilishi doirasida E.Turdimov Samarqand shahrining Qorasuv massivida barpo etilishi kutilayotgan 25 qavatli turar-joy binosi hamda istirohat bogʻi qurilish ishlari bilan tanishdi.

    Massivdagi koʻp qavatli uyning yer toʻla qismida faoliyatini boshlagan tikuvchilik sexi koʻpchilikda qiziqish uygʻotdi. Ushbu sexda 80 dan ziyod xotin-qiz ish bilan taʼminlangan va ularning asosiy qismi shu hududda yashovchilardir. Shuningdek, bu yerda turli sport va fan toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

    Kelgusida massivdagi boshqa koʻp qavatli uylar yertoʻlasida ham shu kabi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish shoxobchalarini tashkil etish taklifi bildirildi.