Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari va Chegara Qoʻshinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Bulungʻur tumani hududidan oʻtuvchi “oʻzbek-tojik” davlat chegarasi yaqinida nomaʼlum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 20 kg 3 gr. “opiy” va 6 kg 5 gr. “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan DXX Samarqand viloyati boʻyicha Boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ushbu giyohvandlik vositalari egalarining shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.