Samarqandda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

    Samarqandda “Isuzu”, “Damas”, “Hyundai Sonata” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.

    Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

    Shu yilning 1- avgust kuni soat 12:50 lar atrofida Samarqand tumani hududidan oʻtuvchi A-378 avtomobil yoʻlining 12-km.da Qashqadaryo-Samarqand yoʻnalishda “Isuzu” rusumli yuk transport vositasi, “Damas” va “Hyundai Sonata” rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir boʻldi.

    Hodisa oqibatida “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi va yoʻlovchisi, “Hyundai Sonata” shuningdek yuk transport vositalari haydovchilari olgan tan jarohatlari tufayli tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. YTH oqibatida halok boʻlganlar yoʻq.

    Hozirda holat yuzasidan Samarqand tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.