Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Joriy yilning 1-yanvar kuni soat taxminan 09:30 larda Payariq tumani, “Madaniyat” MFYda yashovchi 1991-yilda tugʻilgan ayol uyida ustiga suyultirilgan gaz kondensatini sepgan va olov yoqib, oʻz joniga qasd qilgan. Maʼlum qilinishicha, ayol ruhiyatida oʻzgarishlar boʻlgan.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, ayolning oʻlimi murda tanasining 100 foiz termik kuyishi oqibatida yuzaga kelgani koʻrsatilgan.

Mazkur holatda oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish jinoyati alomatlari mavjudligi hamda bir qator tergov harakatlarini oʻtkazmasdan turib qonuniy toʻxtamga kelish imkoniyati yoʻqligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.