Taʼkidlanishicha, viloyat maʼmuriy markazini Gulobod qoʼrgʼoniga koʼchirish va boshqa tadbirlar koʼzlangan bosh reja hamda batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Samarqand shahrida 178 ta davlat tashkiloti joylashgan. Shaharni “millionli shahar”ga aylantirishda shaharsozlikning “aqlli shahar” kontseptsiyasi asosida tashkil etish, zamonaviy IT-parklarda tizimlashgan texnologik jarayonlarni amalga oshirish, “ekologik toza shahar”ga aylantirish va “xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi yoʼlga qoʼyiladi.
Buning uchun dastlab 42 ta davlat tashkiloti shahar atrofiga koʼchirilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 6 ta aholi turar maskanlariga tutash joylarda kichik sanoat zonalari va ishlab chiqarish obʼektlari barpo etish ham ayni shu maqsadga qaratilgan.
Loyiha doirasida 7 ta markaziy chorrahalarda muayyan vaqtlarda yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini olish uchun yoʼl oʼtkazgichlar barpo etish taklifi ishlab chiqilyapti.