Samarqandda 5 milliard 424,0 million soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan “tadbirkor” fosh etildi

    Tashvishli xabar 29 Noyabr 2021 712

    Mazkur hajmdagi tabiiy gaz 300 ming xonadonning bir kunlik isteʼmolini tashkil qiladi.

    Joriy yilning 18-noyabr kuni Energetika vazirligi, “Oʻzneftgazinspeksiya” va “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida oʻtkazilgan tadbir davomida Narpay tumani, “Tepa” MFY hududida faoliyat yuritayotgan “OQTOSH DIYORBEK NUR” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shahobchasining tabiiy gazdan foydalanish holati nazorat qilindi.

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirida gaz hisoblash uskunasidan tashqari AGTKSH hududidan oʻtuvchi “Oromgoh” kichik sanoat zonasini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi kesimi 159 mm.li gaz tarmogʻiga yashirincha oʻzboshimchalik bilan ulanib tabiiy gazdan foydalanayotganligi maʼlum boʻldi.

    Ushbu noqonuniy holat boʻyicha dastlabki hisoblangan gaz hajmi 5 mln 424,0 ming metr kubni va yetkazilgan zarar miqdori 5 mlrd 424,0 mln soʻmni tashkil etgan.

    Mazkur hajmdagi tabiiy gaz 300 ming xonadonning bir kunlik isteʼmolini tashkil qiladi.

    Yuqorida qayd etib oʻtilgan noqonuiy holatlar boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati.