Samarqandda 5 ta agrologistika markazi ishga tushirildi

    Agrosektor 18 Iyul 2021 1702

    Samarqand viloyatida 4 yil davomida 5ta agrologistik markazi ishga tushirildi.

    2020-yilda Samarqand viloyatida 245,6 ming tonna meva, 1636,3 ming tonna sabzavot, 626,3 ming tonna kartoshka, 124,3 ming tonna goʻsht, 1313,7 ming tonna sut, 11,6 ming tonna baliq, 1328,2 million dona tuxum yetishtirilgan.

    Raqamlar 2017-yilgi natijalar bilan solishtirilsa, 74,9 ming tonna meva (43,8 foiz), 140,9 ming tonna sabzavot (18,1 foiz), 13,6 ming tonna kartoshka (21 foiz), 8,4 ming tonna goʻsht (7,5 foiz), 75,6 ming tonna sut (12,1 foiz) 2,3 ming tonna baliq (19,8 foiz), 186,4 million dona tuxum (15 foiz)ga koʻp mahsulot yetishtirilganligi maʼlum boʻladi.

    Bu koʻrsatkichlarga erishish uchun viloyatda oʻtgan 4 yilda oziq-ovqat yoʻnalishida 455 ta yangi loyiha ishga tushirildi, ularni amalga oshirish uchun 16,4 trillion soʻm kredit mablagʻi ajratildi. Natijada 5 703 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

    Jumladan, 2017-2021-yillarda viloyat boʻyicha 8 366 gektar maydonda intensiv texnologiyalar asosida mevali bogʻ, 10 882 gektar maydonda yangi tokzorlar barpo etildi.

    Chorvachilik yoʻnalishida chet davlatlardan 1 561 bosh naslli qoramollar keltirildi.

    Baliqchilik yoʻnalishida 88 ta, asalarichilikda 35 ta, parrandachilikda 235 ta, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash (muzlatkich) yoʻnalishida 288 ta yangi loyiha amalga oshirildi.

    Muhimi, oʻtgan 4 yilda umumiy quvvati 65,5 ming tonnalik, qiymati 231 milliard soʻmlik boʻlgan 5 ta yangi agrologistika markazi faoliyat boshladi, deb xabar beradi Zarnews.uz Samarqand viloyat qishloq xoʻjalik boshqarmasi maʼlumotiga tayanib.