Samarqandda 5 tup qimmatbaho daraxtlar tagi bilan yoʻq qilindi

    Samarqandda viloyat Ekologiya boshqarmasi Ekologik nazorat inspeksiyasi hamda shahar nazorat inspeksiyasi tomonidan olib borilgan nazorat reyd tadbiri davomida 5 tup daraxtlar kesib tashlangani aniqlandi.

    Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Oʻtkazilgan reyd tadbirlarida Samarqand shahrida qurilish ishlarini olib borayotgan S. E. Sh MCHJ tomonidan daraxtlar kesib tashlangan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida qurilish korxonasi masʼullari tomonidan hududda mavjud 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli turdagi daraxtlar ildiz qismi bilan qazilib yoʻq qilingan.

    Hozirda, daraxtlarni yoʻq qilinishi natijasida oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblanib, jinoyat alomatlari boʻlganligi uchun tegishli hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etilgan va daraxtlarni noqonuniy kesib tashlanganlarga jinoiy ish qoʻzgʻatilishi belgilandi.