Aniqlanishicha, joriy yilning 16-may kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi, 2019-yilda tugʻilgan R.M. (oʻgʻil bola) tok urishi natijasida vafot etgan.
Tuman prokuraturasi tomonidan tuzilgan tezkor-tergov guruhi hodisa joyiga chiqib holat oʻrganilganda, “Omondara” MFY, Chunqaymish qishlogʻi hududidagi tepalikda oʻtgan elektr simini voyaga yetmagan R.M. ushlashi oqibatida elektr toki urib, voqea joyida vafot etganligi aniqlangan.
Tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi koʻzdan kechirilib, R.M.ning oʻlimi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Shuningdek, holat yuzasidan “Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari” AJga xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Hozirda Nurobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan holat boʻyicha oʻz kuzatuvini davom ettiradi.
Bu borada qoʻshimcha axborot beriladi.