Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan 2021-yil 4-mart kuni shahar va tumanlarda oʻtkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida 6 nafar fuqaroning belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganligi aniqlandi.

Xususan, Narpay tumanida – 3 nafar, Paxtachi tumanida –1 nafar, Tayloq tumanida – 1 nafar, Qoʻshrabot tumanida – 1 nafar.

Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarning har biriga Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 91-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 2 million 450 ming soʻmdan jarima belgilandi.

Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish boshqarmasi Axborot xizmati