Bu haqda Turizm qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, festival doirasida mahalliy va xorijiy oshpazlar ishtirokida turli bellashuvlar, palov tayyorlash boʻyicha mahorat darslari, hunarmandchilik yarmarkalari hamda madaniy-koʻngilochar dasturlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Tadbirning dastlabki kuni Sulton Hovand Beka maqbarasi — Ashratxona hududida mahalliy oshpazlar oʻrtasida musobaqalar bilan boshlanadi. Ikkinchi kuni esa Alisher Navoiy koʻchasida xorijiy oshpazlar oʻz mahoratlarini namoyon etishadi.
Festival mehmonlariga palovning 20 dan ortiq turi — Fargʻona va Toshkent uslubidagi anʼanaviy palovlardan tortib, afgʻon, eron, arab va boshqa xalqlar milliy palovlari namoyish etiladi.
Festivalning soʻnggi kuni «Boqiy shahar« tarixiy-etnografik bogʻida viloyatning eng mahoratli oshpazlari tomonidan 7 tonna Samarqand palovi tayyorlanadi.
Tayyorlangan palov muhtojlar uchun ham beaham emas: u mehribonlik uylari, nogironligi boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, qariyalar uyi kabi muassasalarga yetkazib berildi.








