Tovarlar asosan Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Iroq, Ukraina, Turkmaniston, Gruziya, Belorusiya, Qozog'iston va Ozarbayjon kabi davlatlarga eksport qilingan. Ayni paytda korxonalar tomonidan o'z mahsulotlarini eksport doirasini yanada kengaytirish ishlari olib borilmoqda.
Erlarimizdan olingan hosillar jahon bozorida yuqori baholanishi, bugun hech birimizga sir emas. Bu esa o'z mamlakatimiz eksport salohiyati yanada yuksaltirishga undaydi.
O'z o'rnida har bir korxonaning eksport operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarini qisqa vaqt mobaynida bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazish borasida viloyat bojxona xodimlari tomonidan 24 soat davomida yaqindan amaliy yordam ko'rsatilmoqda.