Samarqandda 88,5 ming tonnadan ortiq meva-sabzavot eksport qilindi

    Eksport bozorlari Rossiya Federatsiyasi, XXR, Qozog‘iston hamda Turkiya davlatlari bo‘lmoqda.

    Joriy yilning sakkiz oyi davomida Samarqandda 88,5 ming tonnadan ortiq meva-sabzavot eksport qilindi. Ya'ni, oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 62,4 million AQSh dollari qiymatiga ega 88,5 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksportga yo‘naltirilgan.

    Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibi: 20,2 million dollarga teng 50,5 ming tonna sabzavot, 19,7 million dollar qiymatidagi 17,7 ming tonna meva va rezavorlardan iborat. Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilayotganligi bois, eksport qilinayotgan meva va sabzavotlarning ulushi viloyat jami eksportining 32,4 foizni tashkil etdi. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya Federatsiyasi, XXR, Qozog‘iston hamda Turkiya davlatlari bo‘lmoqda.