Samarqandda 9-sinf oʻquvchisini samosud qilgan erkak qamaldi

    Samarqandda singlisiga sevgi izhor qilgan bolani samosud qilgan aka qamaldi.

    Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

    Samarqandda aka singlisiga sevgi izhor qilgan oʻquvchini samosud qilgani haqida xabar berilgan edi.

    Avvalroq 2009-yilda tugʻilgan B.S. (oʻgʻil bola) ga А.Q.(erkak) tomonidan tan jarohati yetkazilganligi uchun Pastdargʻom tumani IIB TB tomonidan JKning 105-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgandi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 29-iyul kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Pastdargʻom tuman sudida mazkur bolaga zoʻravonlik holatiga oid jinoyat ishi sud muhokamasi koʻrib chiqilib, А.Q. aybdor deb topilib, unga 1-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.