Xabarga koʻra, yetakchi mutaxassis Samarqand tumanidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaligida oʻtkazilgan oʻrganish jarayonida 50 sotix yer maydonini ijaraga olgan fuqaro tomonidan yer unumdorligiga zarar yetkazilganini aniqlagan. U bu holat boʻyicha tegishli chora koʻrmaslik uchun fuqarodan jami 3 ming AQSH dollari talab qilgan va avval 500 dollarni olgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Sud qarori bilan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.









