Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro E.X. goʻyoki Angliya davlatidagi firmada ishlovchi tanishlari yordamida 5 nafar fuqaroni ushbu davlatga ishga yuborishini vaʼda qilib, ularning jami 10 400 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritilganligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.