Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi

    Samarqandda avtobus belgilanmagan joydan oʻtayotgan piyodani urib yuborishi oqibatida piyoda vafot etdi.

    Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Shu yilning 13-iyul kuni soat 13:00larda Kattaqoʻrgʻon tumani, М.Ulug‘bek mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R-48 "Zarafshon Trakt" avtomobil yoʻlining 94-km.da, haydovchi "Midibus SAZ NP 21" rusumli avtomobilida "Payshanba-Kattaqoʻrgon shahar" yoʻnalishida harakatlanib kelib yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotgan piyodani urib yubordi.

    Oqibatda piyoda tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizildi va koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi.

    Hozirda holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.