Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining maʼlum qilishicha, viloyatining Jomboy tumanidagi 44-umumtaʼlim maktabida 2025-yil 22-fevral kuni 8-sinf oʻquvchisining tarbiyasi boʻyicha oʻquvchining ota-onasi, sinf rahbari tomonidan chaqirtirilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, onasi farzandining xulq-atvori va tarbiyasiga eʼtiborli boʻlish haqida aytilganda, oʻqituvchilarga nisbatan qoʻpol harakatda boʻlgan va haqoratlagan.

Holat boʻyicha, IIB milliy gvardiya xodimlari chaqirtirilgan va holat sudga oshirilgan. Sud jarayoni davom etmoqda.