Samarqandda bir yigit bobosi tengi erkakni masxara qilib, video ishladi

    U bu ishini "ishxonamga keladigan amaki bilan bir hazillashib qo'ydik", deya izohladi.

    Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit kafeda yoshi katta erkakni mazax qilgani aks etgan video tarqaldi. Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmatining xabar berishicha bu yigit qo'lga olinib, IIBga olib kelingan.

    "11 mart kuni ishxonamga har kuni keladigan amaki bilan hazillashib qo'ydik. Buni videoga olib ijtimoiy tarmoqqa tarqatdik. Qilgan ishimdan pushaymonman, amakidan kechirim so'rayman", debdi yigit.

    Huquqbuzarga nisbatan tegishdi ma'muriy bayonnoma tuzilib, IIB xodimlari u va uning ota-onasi bilan profilaktik suhbat ham o'tkazgan.