Bekat ichki turizmni yana-da rivojlantirish, erkin sayyohlarga qulaylik yaratish, sayyohlarning oqimini koʻpaytirish, fuqarolarimiz hamda mehmonlarning belgilangan turizm manzillariga qulay, xavfsiz hamda yuqori sifatli servis koʻrsatilgan holda yetib borishlariga xizmat qiladi.
Bekatlarda turistik firmalarning turistik sinfga mansub avtobuslari, mikroavtobus va yengil avtomashinalari doimiy jalb etiladi hamda belgilangan, qatʼiy grafik asosida harakatlanadi. Yaʼni turistik bekatdan xohlagan fuqaro yoki sayyoh Samarqand va respublikaning boshqa hududlari boʻylab sayohatga chiqishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bekatda axborot markazi tashkil etilgan. Axborot markazida turistik dasturlar toʻgʻrisida (narxi, vaqti) toʻliq maʼlumot olish mumkin boʻladi.
Joriy yilda Samarqandda 3 ta mana shunday bekatlarning faoliyatini yoʻlga qoʻyish belgilangan, deb xabar beradi Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.