Qayd etilishicha, holat 2024-yil aprel oyida Paxtachi tumani 21-maktab oʻquvchisi X.T. ning shu maktab oʻquvchisi E.Ya. ni haqoratlagani natijasida yuzaga kelgan. Yigit Samarqand shahar hokimining 2021-yil 16-noyabrdagi tegishli qarori bilan hududdagi 1-sonli oilaviy bolalar uyiga berilgan boʻlgan.
Voqeadan xabardor boʻlgan maktab direktori oʻrinbosari, sinf rahbari va maktab psixologi oʻquvchi X.T. ning onasini roziligi bilan uni va uning opasini oʻquvchi E.Ya. ning uyiga uzr soʻrash uchun olib borgan.
Videolavhadagi holat oʻquvchi E.Ya. ning onasi fuqaro S.D. tomonidan oʻquvchi X.T. ning uzr soʻrash jarayonidan tasvirga olingan. Mazkur holat boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fuqaro S.D. ga nisbatan tegishli maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgan.
Paxtachi tumani 21-maktab direktorining tegishli buyrugʻi bilan voqea ishtirokchilari — maktab direktori oʻrinbosari S. D. sinf rahbari V.S. va maktab psixologi E.R. larga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qoʻllangan.
Shuningdek, bu kabi holatlar qayta takrorlanmasligi uchun maktab maʼmuriyati hamda hudud profilaktik inspektori tomonidan oʻquvchilar va ota-onalar oʻrtasida zarur tushuntirish ishlari olib borilgan.









