Samarqandda bolani kaltaklagan bogʻcha mudirasi ishdan olinishi maʼlum qilindi

    Ta'lim 19 Yanvar 2021 1760

    Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi 13 MTM mudirasining “mehnat shartnomasi” bogʻcha tarbiyalanuvchisini kaltaklagani uchun bekor qilinadi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

    Maʼlum boʻlishicha, voqea kuni guruh tarbiyachisi soat 12:20 da ishga kelgan va bola kaltaklangan vaqtda ishda boʻlmagan.

    Bogʻcha tarbiyalanuvchisining qoʻllari va yuziga urilganligi holati yuzasidan sudga oid ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi xulosasi va ekspertiza javobi olinganidan soʻng, yakuniy huquqiy baho beriladi, deyiladi xabarda.

    Oʻrganishlar jarayonida bogʻcha direktorining yuragi xuruj qilganligi va tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan shifoxonaga olib ketilganligi aytilmoqda.