Samarqandda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Magnus Karlsen blis va rapid boʻyicha chempion boʻldi

    Sport 31 Dekabr 2023 566

    Samarqand shahrida oʻtgan shaxmatning blits yoʻnalishi boʻyicha jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. “Open” dasturida yana Magnus Karlsen 16 ochko bilan chempion boʻldi.

    U 2 kun oldin rapid yoʻnalishida ham chempion boʻlgandi. Oʻzi umuman Markaziy Osiyo davlatlari Magnus Karlsen uchun juda omadli boʻldi. U oʻtgan yili Olmaota shahrida oʻtgan chempionatda ham rapid va blitsda chempion boʻlgandi.

    Yakuniy uchlik quyidagicha koʻrinish oldi:

    1. Magnus Karlsen
    2. Daniil Dubov
    3. Vladislav Artemiyev

    Ayollar orasida esa Valentina Gunina 14 ochko bilan blits yoʻnalishida jahon chempioni boʻldi. Kuchli uchlik quyidagicha koʻrinish oldi:

    1. Valentina Gunina
    2. Aleksandra Kostenyuk
    3. Ju Jinner

    Hamyurtlarimizdan esa erkaklar orasida eng yaxshi natijani Shamsiddin Vohidov hamda Nodirbek Yakubboyev 12,5 ochko bilan qayd etdi. Javohir Sindorov 12 ochko, Nodirbek Abdusattorov 11,5 ochko toʻpladi.

    Qizlar orasida esa Umida Omonova 9,5 ochko, Hamdamova Afroʻza 8 ochko toʻpladi.