Unda Samarqanddagi anjumanda oʻndan ziyod davlatdan 250 dan ortiq sharqshunos olim ishtirok etgani qayd etilgan. “Forumda Oʻzbekiston hukumati vakillari, shuningdek, Ozarbayjon, Turkiya, Turkmaniston, Rossiya, EI davlatlari, Xitoy va boshqa mamlakatlardan kelgan xalqaro ekspert va olimlar moddiy madaniyat namunalarini saqlashda ilmiy jamoatchilik ishtiroki, zamonaviy ilm-fan va uning ishlanmalarini muhokama qildi. Shuningdek, qadimiy osori-atiqalarni saqlash va restavratsiya qilish sohasidagi yangi texnologiyalar haqida soʻz yuritildi”, deb qayd etadi Agentlik.

Nashr Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida Samarqandga tashrif buyurgani haqidagi maʻlumotlarni ham oʻquvchilar eʻtiboriga havola qilgan. «Turkmaniston-Oʻzbekiston oliy darajadagi muzokaralari chogʻida doʻst mamlakatlar oʻrtasida madaniy va ijodiy sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi, kelishuvlar qator ikki tomonlama hujjatlar bilan mustahkamlandi. Shuningdek, Turkmaniston etakchisi Samarqand shahriga tashrif buyurib, qadimiy kentning betakror meʻmoriy obidalari bilan tanishdi», deb yozadi “Orient” AA.