Samarqandda boshqaruvi izdan chiqqan yuk mashinasi ag'darilib ketdi

    Tashvishli xabar 26 Mart 2021 549

    Joriy yilning 25-mart kuni soat 14:30larda, Samarqand viloyati, Samarqand shahar hududidan oʻtuvchi M-39 “Toshkent-Buxoro aylanma avtomobil yoʻli”ning 1080-kilometrida YTH sodir bo'lgan. 

    “Mercedes-Benz 1843LS” rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yuqotishi oqibatida avtomashina yoʻlning oʻng tomon chetki qismiga agʻdarilgan.

    Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻqligi aytilmoqda.

    Mazkur hodisa yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgani malum qilingan.