Samarqandda Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyaning 25-sessiyasi oʻtkaziladi

    Transport 26 Dekabr 2022 1548

    2023-yilning 1-choragida Samarqand shahrida “Aviation & Logistics Forum” II xalqaro aviatsiya forumi oʻtkaziladi.

    “Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand – Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–455-son, 24.12.2022-y.) qabul qilindi

    Qarorga muvofiq, “Samarqand – Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” targʻibot kampaniyasi yoʻlga qoʻyiladi.

    2026-yil 1-yanvargacha tadbirkorlar:

    ▫️4 yulduzli va undan yuqori toifagali mehmonxona uchun zarur tovarlarni olib kirganda bojxona bojini toʻlashdan;
    ▫️Samarqand turistik markazida qurilish uchun “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga olib kiriladigan uskunalar uchun davriy bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etiladi.

    2023-yilning 1-choragida Samarqand shahrida “Aviation & Logistics Forum” II xalqaro aviatsiya forumi oʻtkaziladi.

    Samarqand turistik markazi hududida chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlari tashkil etiladi.

    2023-yil 1-sentyabrgacha shaharlararo va xalqaro avtobus qatnovlari axborot texnologiyalari orqali yoʻlga qoʻyiladi. Mazkur tizimda:

    chiptalarni “Uzbus” platformasida xarid qilish tartibi;
    avtobuslarga GPS qurilmalarini oʻrnatish hamda monitoring qilish boʻyicha yagona platforma yaratiladi.

    2023-yil 1-fevralgacha Aeroportda turizm axborot markazi tashkil qilinadi.

    Maʼlumot uchun, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyaning navbatdagi 25-sessiyasini Samarqand shahrida oʻtkazish belgilangan.