Markaz 500 kishiga moʻljallangan boʻlib, bu yerda 6 ta reanimatsiya boʻlimi, nefrologiya boʻlimi, nevrologiya, endokrinologiya, kardiologiya va intensiv terapiya boʻlimlari tayyorlangan.
Dori va gigiyena vositalari, tibbiyot xodimlari uchun uniforma zaxiralari yaratilgan, deb xabar beradi Samarqand viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.