Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 13-oktyabr kuni soat 9:30lar atrofida Jomboy tumani Dehqonobod MFY hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlining 1069.km.da “Damas” rusumli transport vositasi harakatlanib kelib, harakat davomida roʻl boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida yoʻlni ikkiga ajratib turuvchi beton toʻsiqqa kelib urilishi oqibatida agʻdarilib ketdi.
Hozirda holat yuzasidan Jomboy tumani IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.