Samarqandda daraxt kesgan fuqaro jarima toʻlaydigan boʻldi

    Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Toyloq tuman boʻlimi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari oʻtkazildi.

    Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.

    Oʻtkazilgan reyd davomida tumanning Xoʻjayuz MFY hududida fuqaro U. Z. tomonidan tegishli ruxsatlarsiz sogʻlom 1 tup tut daraxti kesib, tabiatga 71 million 250 ming soʻm zarar yetkazilgan.

    Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. U.Z. BHMning 10 baravari — 3 million 750 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi. Huquqbuzar qilmishi uchun jami 75 million soʻm toʻlaydigan boʻldi.