Samarqandda elektrmototsikllar ishlab chiqariladi

    Sanoat 8 Yanvar 2021 1838

    Bu Investitsiya dasturida belgilangan. Unga koʻra, Samarqanddagi “ELXOLDING” korxonasida elektr dvigatelli yuk mototsikllarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

    Buning uchun 0,7 million dollar yoki 7,6 milliard soʻm mablagʻ sarflanadi. Natijada joriy yilda 500 ta elektr dvigatelli yuk mototsikllari bozorga chiqariladi.

    Eslatib oʻtamiz, mazkur korxona hozirda 200 sm/kub dvigalli uch gʻildirakli "ELDOSH EL-200” rusumli mototsikllarini ishlab chiqaradi. Bunday mototsiklni 20-21 million soʻmga sotib olish mumkin. Elektr dvigatelli mototsikllarning narxi qancha boʻlishi hozircha maʼlum qilinmagan.

    “ELXOLDING” korxonasida, shuningdek, interaktiv sensor panellar ishlab chiqarish ham yoʻlga qoʻyilmoqda. Yiliga 5 ming dona sensor panellar ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu loyiha qiymati 41,4 milliard soʻmni tashkil etadi.