Samarqandda elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi oʻrnatildi

    Energetika 13 Sentabr 2021 993

    13-sentyabrda Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan 89-sonli “Samarqand-2” nomli AYOQSHda elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi oʻrnatildi.

    Aytish kerakki, endi samarqandlik elektromobil egalari Samarqand shahar Rudakiy koʻchasi 145-uy manzilida joylashgan “Oʻzbekneftgaz” AJ “UNG Petro” korxonasiga qarashli AYOQSHda oʻrnatilgan qurilmadan uzluksiz foydalanishlari mumkin.

    Taʼkidlash kerakki, Toshkent va Samarqand shaharlarida elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmalari samarali ishlashi toʻliq taʼminlangan holda, kelgusida Respublikaning barcha hududlarida yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

    Elektromobillar bir qancha afzalliklarga ega boʻlib, dvigateli atrof-muhitga zararli gazlarni chiqarmasligi hisobiga atrof-muhit ifloslanishi kamayishiga olib keladi va dvigateli elektr energiyasidan (muqobil energiyalar hisobiga) quvvat olishi sababli anʼanaviy yonilgʻi sarfini kamaytiradi.

    Shu boisdan tezkor zaryadlash qurilmalarini “Oʻzbekneftgaz” AJ “UNG Petro” korxonasiga qarashli AYOQSHlarning barchasida oʻrnatilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.