Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Ushbu holat 2024-yil 27-oktyabr kuni soat 12:30 atrofida Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Amirobod” mahallasidan oʻtuvchi yoʻlida sodir boʻlgani maʼlum boʻldi.
Aniqlanishicha, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashagan 1983-yilda tugʻilgan ruhiy kasal A.B. Samarqand-Buxoro yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan fuqaro Yu.Y. boshqaruvida boʻlgan MAN yuk avtomashinasi ostiga oʻzini tashlab, oʻz joniga qasd qilgan. Ushbu holat natijasida A.B. yuk avtomashinasi bosib ketishi oqibatida hodisa sodir boʻlgan joyda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan hodisa sodir boʻlgan joy koʻzdan kechirilib, marxum A.B.ga nisbatan sud tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.