Oʻzaro kelishmovchilik oqibatida er xotiniga jahl qilib, undan oʻch olish maqsadida 3 nafar voyaga yetmagan farzandini (2 ta qiz va 1 ta oʻgʻil) oshxona pichogʻi bilan qasddan oʻldiradi.

Shundan soʻng, u ushbu oshxona pichogʻi bilan tanasining chap koʻkrak sohasiga bir marotaba urib oʻziga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda u shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan. Bu xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.