Samarqandda firibgarlik bilan shugʻullangan advokat ushlandi

    Xavfsizlik 5 Oktabr 2022 1664

    U fuqarodan 4000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda qoʻlga olindi.

    Samarqand shahridagi “STATUS” advokatlik hayʼati advokati, 1981-yilda tugʻilgan H.A. mahalliy fuqaroning sud tomonidan koʻrib chiqilgan avtomashina olti-sotdisi boʻyicha firibgarlik yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini appelyatsiya tartibida qayta koʻrib chiqilishida yordam berishni vaʼda qiladi.

    Buning evaziga 9 million soʻm hamda mazkur jinoyat ishini fuqaroning foydasiga hal qilish evaziga sudyaga berish uchun 3000 AQSH dollari miqdoridagi pul berishini talab qiladi.

    4-oktyabr kuni DXX Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan viloyat IIB hamda prokuratura xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida H.A. fuqarodan 4000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda qoʻlga olindi.

    Hozirda, advokatga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.