2022 yil 8 avgust kuni Samarqand shahri bo'yicha IIO FMB boshlig'i nomiga 44 yoshli R.D. ariza bilan murojaat qilib, unda xolasi 59 yoshli B.l. o'zini diniy tabib ekanligi, onasi 67 yoshli B.g.ni davolash kerakligini aytib, ishonchiga kirib, uni davolash uchun diniy tomondan zakot sifatida onasini nomida bo'lgan Samarqand shahar Namuna ko'chasidagi qiymati 200.000 AQSH dollari bo'lgan uyni o'tkazib berishni aytib, ushbu uyni o'zining nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib olib, firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganligini ma'lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko'rishligini so'ragan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.