Samarqandda fransuz tili va madaniyati kuni tashkil etildi

    Ta'lim 29 Noyabr 2022 1327

    Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi va Samarqand davlat chet tillari instituti bilan birgalikda fransuz tili va madaniyati kuniga bag'ishlangan katta tadbir bo'lib o'tdi.

    2022-yil 21-22 noyabr kunlari yurtimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo'ldi. Tashrif davomida mamlakatimiz va Fransiya o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, ma'naviy-marifiy, madaniyat, savdo-iqtisodiy, ta'lim, axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida sheriklikni kengaytirish bo'yicha bir qator muhim kelishuvlarga erishildi.

    So'nggi yillarda respublikamizda fransuz tilini o'qitishga bo'lgan e'tibor sezilarli darajada kuchaydi. Bugungi kunda yurtimizning 17 ta oliy ta'lim muassasasida fransuz tili mutaxassislari, pedagoglar tayyorlanadi va fransuz tili o'rgatiladi.

    Parlez-vous francais?” bu ibora o'zbek tiliga o'girilganda “Siz fransuzcha gaplashasizmi?” degan ma'noni anglatadi. Aytish mumkinki, u o'zaro muloqotga kirishishda kalit so'zi hisoblanadi. BMT ish yuritadigan tillardan biri - fransuz tili bugungi kunda 29 ta mamlakat uchun rasmiy til hisoblanib, 54 ta davlatda aholi ikkinchi til sifatida uni foydalanishadi.

    2022-yilning 24-noyabr kuni Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligining Samarqand viloyat hududiy vakilligi bilan hamkorlikda Samarqand davlat chet tillar institutida Xalqaro fransuz tili o'qituvchilari kuni bayrami keng miqyosda tantanali nishonlandi.

    Tadbirda agentlikning Samarqand viloyat hududiy vakilligi rahbari Muxammadxon Soliyev O'zbekiston va Fransiya o'rtasidagi aloqalar hamda fransuz tili va madaniyatini rivojlantirish va ommalashtirish shu bilan birgalikda mamlakatimiz ta'lim sohasida fransuz tajribasini qo'llash bo'yicha nutq so'zlab, barcha fransuz tili o'qituvchilarni bayram munosabati bilan muborakbod etdi. Tadbirga Samarqand viloyatidagi umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan fransuz tili o'qituvchilari ham taklif etildi.

    Shuningdek, hududiy vakillik rahbari Muxammadxon Soliev o'z nutqida quyidagilarni bayon etdi:

    Xorijiy tillarni o'rganish bugungi kunda mamlakatimizda kun mavzusiga aylanib bormoqda. Barchamizga ma'lumki, chet tillarini bilish sohadagi nufuzli xorijiy hamkasblari bilan tajriba almashish hamda mutaxassislikka oid xorijiy manbalardan foydalanishga zamin yaratadi. Xorijiy til o'qituvchilar uchun esa o'quvchi-yoshlar uchun chet tilini yaxshi o'zlashtirishga bevosita bog'liq.

    Shundan so'ng, iqtidorli va faol talabalar tomonidan tayyorlangan tadbirning badiiy qismi taqdim etildi. Talabalar hamda ishtirokchilar fransuz tiliga bag'ishlangan o'z chiqishlari va taqdimotlarini namoyish qilishdi. Tashrif buyurgan mehmonlar, fransuz tili o'qituvchilari hamda soha mutaxassislari tomonidan iqtidorli talabalar chiqishlari iliq qarshi olindi. Tadbir so'ngida faransuz tili o'qituvchilari qimmatbaho sovg'alar hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

    Mamlakatimizda mutaxassislar, shuningdek ilmiy xodimlarning Fransiyadagi nufuzli dargohlarda amaliyot hamda malaka oshirishlari bu bevosita tajriba almashish, soha mutaxassislari bilim va ko'nikmalari uchun juda muhim ahamiyatga ega.

    Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, fransuz tilini bilish har bir soha vakili uchun yangi imkoniyatlar kalitidir.

    Firdavs Jamilov,

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining Samarqand viloyat hududiy vakillik media-volontyori.