Viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Kattaqoʻrgʻon tumani “Charogʻbon” MFY Payshanba bozori chorrahasida ekilgan bir tup koʻp oʻsib turgan “kilyon“ daraxti tadbirkorning yoʻl chetidagi nazorat kamerasiga xalaqit qilganligi vaj qilinib, Samarqand tumani Arapxona MFYda yashovchi fuqaro B.T tomonidan hech bir ruxsatlarsiz qonun talablariga rioya etmagan holda oʻzboshimchalik bilan oʻsishdan toʻxtamas darajada kesib tashlaganlik holati aniqlandi.
Kattaqoʻrgʻon tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor oʻrganishlar jarayonida huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtKining 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 25 barobarida, yaʼni 9375000 soʻm jarima, hamda tabiatga yetkazgan zarar uchun 1500000 soʻm hisoblandi.









