Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan U.V. va F.F. uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Isroil davlatiga ishga yuborishlari evaziga jami 52 700 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlanib, U.V. va F.F. tomonidan oʻz aybiga iqror boʻlib, fuqarolardan qoʻlga kiritgan pullari hisobidan 7 000 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Samarqand shahridagi “E.L.” nodavlat taʼlim muassasasi ish yurituvchisi U.H. fuqarolar Z.Z. va B.A.ni ushbu oʻquv markazida oʻqitib, keyinchalik Isroil davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 6 700 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlandi.