Samarqandda gastronomik ko‘cha tashkil etiladi

    Turizm 22 Iyun 2020 2497

    Yaqin kunlarda Samarqand o‘zining birinchi gastronomik ko‘chasiga ega bo‘ladi. Orzu Mahmudova ko‘chasi bo‘ylab qahvaxonalar, nonvoyxonalar, restoranlar va gastronomik do‘konlar joylashadi.

    Bu haqda Sputnik muxbiriga Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Nurullayev ma'lum qildi.

    "Orzu Mahmudova (sobiq Zoya Kosmodemyanskaya) ko‘chasi butunlay obodonlashtirildi va biz uni milliy taomlar ko‘chasiga aylantirmoqchimiz. Ushbu loyihaning maqsadi texnologiya va noyob atmosferani birlashtirgan shaharda nafaqat sayyohlar, balki mahalliy aholi uchun ham diqqatga sazovor maskanga aylanadigan jamoat joyini yaratishdir", — dedi Botir Nurullaev.

    Ko‘cha bo‘ylab chiroqlar o‘rnatiladi, yangi arxitektura inshootlari barpo etiladi. Granit qoplamasi allaqachon yotqizilgan.
    Shuningdek, shaharda o‘quv turistik parki yaratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Alisher Navoiy, Islom Karimov, Pushkin ko‘chalari va Universitet bulvari turistik zonaga aylantirilishi ko‘zda tutilmoqda.